18-Noyabr, 2024-yil 9:48 158
Yangiliklar
Xitoylik mutaxassislar texnoparkka tashrif buyurdi

Xitoyning Shenzhen EN Plus texnologiyasi bosh direktori Gui Rihong, Boonna (Gongkong) Sog'liqni saqlash texnologiyasi raisi Yu Liangjian, Shenzhen Enpuda sanoat tizimi bosh menejeri Yang Changwu, Shenzhen Kailite optoelektronik texnologiyasi bosh direktori Qiu Chushan, Shenzhen Chuangsai Jie texnologiyasi ijrochi direktori Zheng Yingling INNO innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparkiga tashrif buyurdi Tashrif buyurgan mehmonlar ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ilg'or texnologiyalarni joriy etish, hamda texnopark faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ishlab chiqarish zonasidagi ish jarayonlari, metall kesish, qolip yasash dastgohlari ko'zdan kechirildi.Ish jarayonlari yuzasidan batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, texnoparkda amalga oshirilayotgan yangi ishlanmalar hamda ilmiy-innovatsion loyihalar bilan tanishildi. Kelgusidagi hamkorlik yuzasidan fikr - mulohazalar almashinib, rejalar belgilab olindi.