24-Dekabr, 2024-yil 13:50 85
Yangiliklar
INNO innovatsion o'quv-ishlab chiqarish texnoparkiga Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti talaba yoshlari tashrif buyurdi.

Texnopark hududidagi zamonaviy ishlab chiqarish dastgohlari, innovatsion salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan kovorking zonasi va robototexnika va elektronika, biotexnologiya, standartlashtirish va metrologiya laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek amalga oshirilgan loyihalar hamda kasb-hunarga qaratilgan o'quv kurslari, unda o'qish tartibi bo'yicha ma'lumotlar berildi.