Jan. 13, 2025, 1:11 p.m. 51
Yangiliklar
Xitoyning “Zhongya Anfang Keji” kompaniyasi bilan kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

8- yanvar kuni INNO innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparkiga Xitoyning “Zhongya Anfang Keji” kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi. Texnopark bosh direktori Mansur Sultanov yaratilgan shart - sharoitlar va imtiyozlar haqida batafsil ma'lumot berib o'tdi, hamda texnopark rezidentlari tomonidan tayyorlangan mahsulotlar ko'zdan kechirildi. Muzokaralar bo'lib o'tdi, o'zaro hamkorlik masalalari muhokama qilinib, rejalar belgilab olindi.Kelgusidagi kelishuvlar innovatsion soha rivoji uchun muhim ekanligi ta'kidlandi. Ushbu hamkorlik ikki davlat texnoparklari o'rtasida tajriba almashish, yangi texnologiyalarni yaratilishiga asos bo'lib xizmat qiladi.