Jan. 13, 2025, 1:16 p.m. 33
Yangiliklar
INNO innovatsion o'quv-ishlab chiqarish texnoparkida Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan memorandum imzolandi.

Texnopark bosh direktori Mansurbek Sultanov va institut rektori Botir Usmonov o'zaro hamkorlik memorandumini imzoladi. Ushbu hamkorlik kelgusida zamonaviy texnologiyalar va robototexnika, raqamli texnologiyalar sohasida ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borish va o'zaro tajriba almashish imkonini beradi. Shuningdek, fan va texnikaning rivojlanishiga, professor- o'qituvchilar hamda talaba- yoshlarning o'zaro hamkorligini o'rnatishga zamin yaratadi.