Jan. 13, 2025, 1:18 p.m. 33
Yangiliklar
Inno innovatsion o’quv ishlab chiqarish texnoparki va Xitoyning “ZHONGYA ANGANG KEJI” mas’uliyati cheklangan jamiyat o’rtasida memorandum imzolandi

O'zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o'rtasidagi do'stlik aloqalarining tarixiy an'analari va ikki mamlakat o'rtasidagi "Do'stlik va hamkorlik to'g'risidagi shartnoma"ga asoslanib, tomonlar o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va xalqaro xavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan sa'y-harakatlarini kuchaytirish niyatida ekanliklarini bildirdilar. Ushbu memorandumning asosiy maqsadi ikki tomonning axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorligini kuchaytirish, o‘quvchilarni tayyorlash, ilmiy-amaliy amaliyotlarni tashkil etish hamda yangi texnologiyalarni ishlab chiqishdir.