Ushbu tadbir o'quv jarayonlari va ilmiy ishlanmalarning amaliyotga qo'llanilishi haqida chuqur tushuncha olish imkoniyatini taqdim etdi. Texnoparkda ishlab chiqarish zonalari, laboratoriyalar, yangi texnologiyalar, innovatsion yechimlar va ilm-fan asosida yaratilgan mahsulotlar bilan tanishish, ilmiy tadqiqotlarning ishlab chiqarish jarayonlariga qanday integratsiya qilinishi haqida o'rgandilar. Bunday tashriflar talabalar va ilmiy xodimlar uchun katta ahamiyatga ega bo'lib, kelajakda yuqori texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda o'z bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.