Jan. 21, 2025, 5:52 p.m. 14
Yangiliklar
Inno Innovatsion O’quv Ishlab Chiqarish Texnoparkida Japan Career Portali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirni Migratsiya Agentligi direktori Musayev Bexzod Anvarovich hamda Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA) prezidenti Tanaka Akihiko ochib berdilar. Mazkur portalning asosiy maqsadi — O'zbekiston fuqarolariga Yaponiyada o'zlariga mos ish o'rinlari topishga yordam berish, bilim va ko'nikmalarini oshirish, shuningdek, o'z karyeralarini rivojlantirishga ko'maklashish. Yaponiyada egallangan ko'nikmalar bilan vatanga qaytganlarida, ularning O'zbekiston sanoatini rivojlantirishga qo'shgan hissalari katta ahamiyatga ega bo'ladi. Portal orqali O'zbekiston yoshlariga Yaponiyada o'qish va ishlash imkoniyatlari, shuningdek, xalqaro tajriba orttirish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Ushbu tashabbus, ikki mamlakat o’rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.