Feb. 4, 2025, 4:43 p.m. 80
Yangiliklar
Inno innovatsion o’quv ishlab chiqarish texnoparkida dual ta’lim bo’yicha uchrashuv

Bugun Inno innovatsion o’quv ishlab chiqarish texnoparkida dual ta’limni rivojlantirish maqsadida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda texnopark direktori M. Sultanov, direktor o‘rinbosari S. Urunboyev hamda Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo‘jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sh.Shokirov hamda professor o’qituvchilar ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida tomonlar dual ta’lim tizimi va uning mamlakatimizda iqtisodiyotning turli sohalariga qo‘shadigan salohiyati haqida faol muzokaralar olib bordilar. Ushbu tizimning samaradorligi va yosh mutaxassislarni tayyorlashdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Bundan tashqari, o‘quv va ishlab chiqarish jarayonlarini birlashtirish hamda innovatsion yondashuvlar asosida ta’lim sifatini oshirish yo‘llari muhokama qilindi.