Feb. 4, 2025, 4:45 p.m. 83
Yangiliklar
“INNO" innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti talabalari tashrif buyurdi.

O'quvchi yoshlarga texnoparkdagi elektronika va robototexnika yo'nalishlari bo'yicha, shuningdek ishlab chiqarish zonasida joylashgan dastgohlar hamda amalga oshirilayotgan loyihalar hamda texnika xavfsizligi to'g'risida ma'lumotlar berildi. Ilg'or muhandislik maktablarida, o'quvchi-yoshlar orasidan ixtirochilarni, yosh innovatorlarni topish va ularni o'z ustida ishlashiga zamin yaratish, g'oyalarini qo'llab quvvatlash kabi yo'nalishlar belgilab olingan edi. Texnoparkka amalga oshirilayotgan tashriflar bugungi kunda maktabgacha va maktab hamda oliy ta’lim muassasalari, olimlar va oddiy aholi orasidan innovatorlarni kashf qilishda, innovatsion g‘oyalar va texnologik ishlanmalarni joriy etishda muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda.