Feb. 7, 2025, 1:23 p.m. 83
Yangiliklar
Inno Innovatsion O‘quv Ishlab Chiqarish Texnoparkida O‘zLiDep Tashabbusi Bilan Ochiq Muloqot O‘tkazildi

Inno Innovatsion O‘quv Ishlab Chiqarish Texnoparkida O‘zLiDep tashabbusi bilan "Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar yaratish va raqobat muhitini yanada rivojlantirish" mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbirda biznes olami vakillari, davlat organlari hamda yosh tadbirkorlar ishtirok etishdi. Ochiq muloqotda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, raqobatbardoshlikni oshirish va biznes muhiti samaradorligini yaxshilash masalalari muhokama qilindi. Tadbirda texnopark bosh direktori M.Sultanov davlat tomonidan yaratilayotgan qulay sharoitlar, raqobatni rivojlantirish va innovatsion loyihalarning iqtisodiyotdagi o‘rni haqida o‘z fikrlarini bayon etdilar. Bunday ochiq muloqot tadbirkorlar uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, ularning o‘z bizneslarini yanada rivojlantirishlariga katta turtki bo‘ladi.