Feb. 7, 2025, 1:29 p.m. 89
Yangiliklar
Inno innovatsion o’quv ishlab chiqarish texnoparkida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti talabalari va o’qituvchilari ishtirokida texnotur tashkil etildi.

Ushbu texnotur doirasida talabalar ishlab chiqarish va robototexnika zonalari bilan tanishib, texnologiyalarni o’rganish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Ekskursiya yakunida o’qituvchilar va talabalar o’rtasida bilim almashish, tajriba va fikrlar bilan bo'lishish maqsadida muloqotlar o’tkazildi. Bu kabi texnoturlar yoshlarni innovatsion fikrlash va ilg’or texnologiyalar bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.