April 2, 2025, 11:03 a.m. 19
Yangiliklar
Inno Innovatsion O‘quv Ishlab Chiqarish Texnoparkida Pedagoglar!

Inno texnoparkida Maktabgacha va Maktab ta’limi pedagoglari uchun maxsus texnotur tashkil etildi! Texnotur davomida pedagoglar: -Texnopark faoliyati bilan tanishdi; -Ishlab chiqarish zonalari bo‘ylab sayohat qildi; -Laboratoriyalar va ularning ilmiy tajribalardagi o‘rnini o‘rganishdi; -Robototexnika zonasidagi innovatsion texnologiyalarni sinab ko‘rishdi. Ushbu tashrif orqali pedagoglar ta’limda innovatsion yondashuvlarning ahamiyatini chuqur anglab, texnologiyalarni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha yangi g‘oyalar oldilar.