May 2, 2025, 11:14 a.m. 65
Yangiliklar
Xalqaro hamkorlik doirasida yangi bosqich!

INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Langfang Silk Road International Cultural Exchange Center hamkorligida talabalar almashinuvi dasturi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida Xitoyning elektronika va texnika yo‘nalishidagi iqtidorli talabalari INNO texnoparkining ishlab chiqarish zonalarida amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Maqsad – xalqaro tajriba almashuvi orqali innovatsion fikrlovchi, yuqori malakali yosh mutaxassislar tayyorlashga zamin yaratish. Bu hamkorlik ikki davlat yoshlari o‘rtasidagi ilmiy, madaniy va texnologik aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi!