May 2, 2025, 11:15 a.m. 67
Yangiliklar
Yosh innovatorlar bilan ochiq muloqot – kelajak sari ishonchli qadam!

2025-yil 14-fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilab berilgan ustuvor vazifalar – yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni ilm-fan va innovatsiya yo‘nalishida rivojlantirish masalalari bugun amaliy ishlarda o‘z aksini topmoqda. Shu munosabat bilan, 2025-yil 10-aprel kuni INNO innovatsion o‘quv ishlab chiqarish texnoparkida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli, xorijiy tillarni biladigan, kreativ fikrlaydigan, ilmiy-innovatsion loyihalarga ega yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv: -Ilm-fan va texnologiyaga qiziquvchi yoshlarni birlashtirdi -Yangi g‘oyalar va loyihalar uchun platforma vazifasini o‘tadi -Yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirishga xizmat qildi Kelajakni qurishda eng katta kuch — bu bugungi yoshlarning ilm-fan, texnologiya va innovatsiyadagi ishtirokidir!