Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining iqtidorli talabalari INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida talabalar texnoparkdagi ilg‘or texnologiyalar, startap loyihalar va ilm-fan bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik bilan tanishdilar. Ushbu tashrif yoshlarni ilmiy izlanishlarga, innovatsion g‘oyalarni amalga oshirishga undaydi, kelajakdagi muvaffaqiyatli loyihalarga ilhom bag‘ishlaydi.