Bugun Inno innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki — "Inno Texnopark" va Toshkent shahridagi "MEI" Milliy tadqiqot universiteti Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali o‘rtasida muhim hamkorlik MEMORANDUMI imzolandi! Ushbu kelishuv Sultonov Mansurbek Qilichovich (Inno Texnopark bosh direktori) va Daliyev Xojiakbar Sultonovich (MEI filiali ijrochi direktori) tomonidan imzolandi. Hamkorlikdan asosiy maqsad: -Raqamli texnologiyalar va robototexnika sohasida bilim almashish -Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning salohiyatini ochish -Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish Axborot texnologiyalari rivojida birgalikdagi sa’y-harakatlar yosh avlodni innovatsion yondashuvlar orqali yuksaltirishga xizmat qiladi. Yangi texnologiyalar — yangi imkoniyatlar! Hamkorlikda ulkan yutuqlarga erishamiz!