May 2, 2025, 12:07 p.m. 127
Yangiliklar
INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida rezidentlar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha ichki komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida rezidentlar faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish masalalariga bag‘ishlangan ichki komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda texnopark rezidentlarining loyiha takliflari ko‘rib chiqildi, mavjud imkoniyatlar va resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Shuningdek, faoliyatni yanada takomillashtirish va innovatsion ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. Yig'ilish yakunida kelgusida rezident maqomini olish istagida bo’lgan tadbirkorlar faoliyati bilan tanishish va ular bilan istiqbolli hamkorlikda ishlash hamda soliq imtiyozlaridan to’g’ri foydalanish bo’yicha ma’lumotlar berildi.