May 2, 2025, 12:08 p.m. 126
Yangiliklar
Inno innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida nufuzli mehmon!

Inno texnoparkiga Rossiyaning Agentlik strategik tashabbuslari huzuridagi "Yosh mutaxassislar" departamenti direktori Aleksandr Antonovich Vayno tashrif buyurdi. Tashrif davomida Aleksandr Antonovich texnoparkning innovatsion loyihalari va rivojlanish strategiyasi bilan yaqindan tanishdi. Mehmon texnoparkimizdagi: -ishlab chiqarish zonalari, -zamonaviy laboratoriyalar, -robototexnika va avtomatlashtirish markazlari, -o‘quv va tajriba zonalarini ko‘zdan kechirdi. Suhbat chog‘ida tomonlar texnopark infratuzilmasining imkoniyatlari, yosh mutaxassislarni tayyorlash, amaliyot bazasini kengaytirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha fikr almashdilar. Shuningdek, "Точка притяжения" loyihasi doirasida kelgusidagi qo‘shma loyihalar va hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish rejalari muhokama qilindi. Inno texnoparki yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va xalqaro tajribalarni almashish yo‘lida doimo ochiq va faol! Biz birgalikda innovatsiyalar olamida yangi marralarni zabt etishga ishonamiz!