Sloveniyaning Lyublyana shahrida “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki bosh direktori Mansurbek Sultonov boshchiligidagi delegatsiya “SPIRIT Slovenia” agentligi direktori Tamara Zayes Balajich va Maribor universiteti qoshidagi innovatsion inkubatori direktori Matej Roj bilan uchrashdi.
Unda ilmiy muassasalar o‘rtasida mutaxassislar almashinuvi, yosh tadqiqotchilar va startaplar uchun tashabbuslar, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda innovatsion muhitda hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.