June 2, 2025, 3:26 p.m. 32
Yangiliklar
“Gyeongsangbuk-do Global Talent Center” ochilish marosimi

2025-yil 22-may kuni “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida Koreya Respublikasi “Gyeongsangbuk-do” provinsiyasi hamda “Gyeonbuk Technopark” hamkorligida “Gyeongsangbuk-do Global Talent Center” markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu markaz faoliyati: • startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, • O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida texnologik hamkorlikni mustahkamlash, • ilmiy-amaliy aloqalarni rivojlantirish, • yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi. Marosimda: • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Maxkamov Otabek Muxtarovich, • “Gyeongsangbuk-do” provinsiyasi siyosiy byurosi direktori Jeong Seong Hyun, • “Inno” texnopark bosh direktori o‘rinbosari O‘rinboyev Sadiriddin Komiljonovich nutq so’zladilar. Tadbir yakunida tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.