June 2, 2025, 3:30 p.m. 50
Yangiliklar
Xalqaro hamkorlik yo‘lida yana bir muhim qadam!

Bugun INNO Innovatsion O‘quv Ishlab Chiqarish Texnoparkiga Xitoydan yuqori lavozimli mehmon – LI SHAN SHAN, elektr muhandisligi maktabi o‘rinbosari, dotsent, CITC Bosh texnik direktori, Chengdu Texnik Kolleji hamda Chengdu Sanoat va Savdo Kolleji vakili tashrif buyurdi. Tashrif davomida texnopark bilan ushbu hamkor ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi (Memorandum of Understanding – MoU) imzolandi. Ushbu memorandum ikki tomonlama innovatsion, texnik va ta’lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, talabalar va mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish masalalari muhokama qilindi. INNO texnoparki xalqaro hamkorlikni kengaytirgan holda, yoshlar uchun zamonaviy bilimlar va amaliy tajribalarni yaratishda davom etadi!