June 2, 2025, 3:32 p.m. 57
Yangiliklar
Inno texnoparkida xalqaro hamkorlik yo‘lida navbatdagi qadam

Inno innovatsion o‘quv ishlab chiqarish texnoparki Koreya Respublikasining Gyeong-Buk Texnoparki bilan imzolangan memorandum asosida hamkorlikni rivojlantirishda davom etmoqda. Inno innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparkiga Gyeong-Buk Techno Park vakillari tashrif buyurib, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida muzokaralar olib borildi. Uchrashuvda qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish, tajriba almashish va texnologik hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Texnoparklar o‘rtasidagi aloqalar — yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.