July 11, 2025, 12:11 p.m. 14
Yangiliklar
Hamkorlik – amaliy qadamlarda!

Memorandum imzolanganidan so‘ng Xitoy delegatsiyasi vakillari va O‘zbekistonlik rasmiy mehmonlar "Inno" innovatsion o‘quv ishlab chiqarish texnoparkining zamonaviy infratuzilmalari bilan yaqindan tanishishdi. Mehmonlar: -Texnoparkning ishlab chiqarish zonalari -Innovatsion laboratoriyalar -Zamonaviy robototexnika maydonchalari bilan tanishib, yosh mutaxassislar va tadqiqotchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga yuqori baho berishdi. Tadbir doirasida "Do‘stlik va yashil kelajak" ramzi sifatida esdalik uchun archa daraxti ekildi. Bu nafaqat ekologik qadriyat, balki ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarning yashnab borishidan darakdir. Yangi g‘oyalar, tajriba almashuvi va amaliy hamkorlik — bularning barchasi Inno texnoparkida bir joyda jam bo‘lmoqda.