July 11, 2025, 12:15 p.m. 15
Yangiliklar
Xalqaro hamkorlik sari navbatdagi muhim qadamlardan biri

Inno innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki Xitoyning nufuzli ta’lim muassasalaridan biri — Pekin kimyoviy texnologiya universitetining Xalqaro ta’lim maktabi (School of International Education, Beijing University of Chemical Technology, 15 Beisanhuan East Road, Chaoyang District, Beijing, China, 100029) vakillarini mehmondo‘stlik bilan qarshi oldi. Tashrif davomida mehmonlar texnopark infratuzilmasi, ishlab chiqarish zonalari, ilg‘or texnologiyalar asosida jihozlangan laboratoriyalar, robototexnika va tajriba xonalari bilan yaqindan tanishdilar. Texnopark bosh direktori Sultanov Mansurbek Qilichovich tashrif buyurgan delegatsiyani texnoparkning innovatsion faoliyati, amaliy ta’lim tizimi, xalqaro aloqalar va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan batafsil tanishtirdilar. Uchrashuv doirasida tomonlar o‘zaro manfaatli ilmiy-akademik hamkorlik yo‘nalishlarini rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va tajriba almashish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar. Ushbu uchrashuv Inno texnoparkining global miqyosdagi ta’lim va innovatsiya markazlari bilan hamkorlik geografiyasini kengaytirishda yana bir muhim bosqich bo‘ldi.