Tadbir yakunida xalqaro delegatsiya a’zolari INNO innovatsion o‘quv ishlab chiqarish texnoparkining faoliyati, ishlab chiqarish zonalari va amaliy ta’lim maydonchalariga tashrif buyurdi. Mehmonlarga: - texnoparkda shakllantirilgan amaliy muhandislik ekotizimi, - laboratoriya infratuzilmasi, - yoshlar uchun yaratilgan ta’lim-ishlab chiqarish platformalari, - texnopark rezidentlarining loyihalari, - startaplarni qo‘llab-quvvatlash tizimi batafsil tanishtirildi. Delegatsiya vakillari INNO texnoparkining universitet–texnopark–sanoat integratsiyasini yo‘lga qo‘yishdagi tajribasini yuqori baholab, GreenEngine loyihasi doirasidagi kelgusi hamkorlik istiqbollari bo‘yicha fikr almashdilar. INNO texnoparki xalqaro ta’lim va innovatsiyalar markazi sifatida o‘z faoliyatini kengaytirishda davom etadi.