Loyiha doirasidagi uchrashuvlarning ikkinchi kuni INNO innovatsion o‘quv ishlab chiqarish texnoparkida samarali muzokaralar bilan boshlandi. Xalqaro delegatsiya a’zolari bilan muhandislik ta’limini modernizatsiya qilish, qo‘shma laboratoriyalar tashkil etish va GreenEngine tashabbusining keyingi bosqichlari bo‘yicha batafsil suhbatlar olib borildi. Har bir davlat delegatsiyasi alohida prezentatsiya taqdim etib, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z tajribasi va takliflarini ulashdi: - O‘zbekiston — innovatsion ta’lim ekotizimi va texnopark-integratsiya modeli - Gruziya — barqaror ekologik tizimlar va o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish tajribasi - Italiya — metodologik qo‘llab-quvvatlash va muhandislik didaktikasi bo‘yicha yechimlar - Gretsiya — sifat nazorati va baholash tizimi bo‘yicha yondashuvlar - Turkiya — xalqaro muhandislik maktablari va laboratoriya modullari bo‘yicha ilg‘or amaliyotlar Uchrashuvlar ochiq muloqot, fikr almashuv va kelgusidagi hamkorlik rejalarini shakllantirish ruhida o‘tdi. GreenEngine loyihasi O‘zbekistonning innovatsion ta’lim va yashil texnologiyalar bo‘yicha jahon maydonidagi o‘rnini yanada mustahkamlaydi.