Dec. 3, 2025, 11:28 a.m. 17
Yangiliklar
INNO innovatsion o‘quv ishlab chiqarish texnoparkiga Singapur Menejmentni Rivojlantirish instituti vakillari tashrif buyurdi.

Delegatsiya texnoparkning: - innovatsion ta’lim modeli, - ishlab chiqarish zonalari, - robototexnika bo‘limi, - biotexnologiya va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari bilan yaqindan tanishib chiqdi. Mehmonlar INNO texnoparkidagi amaliy ta’lim, sanoat bilan integratsiya, startaplar uchun yaratilgan ekotizim va yoshlar uchun shakllantirilgan o‘quv-ishlab chiqarish muhiti bilan qiziqish bildirishdi. Uchrashuv yakunida Singapur Menejmentni Rivojlantirish instituti vakillari kelajakdagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashar ekan, INNO texnoparki bilan memorandum imzolash istagini ma’lum qildilar.