Bu bepul musobaqa nafaqat kitob o‘qish bo‘yicha bellashuv, balki o‘quvchilar orasida fikrlash, tahlil qilish va ijtimoiy faollikni rag‘batlantiruvchi katta maydon bo‘ldi. Unda ishtirokchilar turli vazifalar, savollar, bahs-munozaralar va ijodiy topshiriqlar orqali o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi. Fotih Dumanning “MEN” asari va Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan Chayon” romani tanlangani bejiz emas. Har ikki asar ham insoniylik, ijtimoiy hayot va ruhiy kurash mavzularini chuqur yoritgan bo‘lib, ishtirokchilarga o‘z fikrini asoslash va badiiy matndan to‘g‘ri xulosa chiqarish imkonini berdi. Shartlar: Kahoot, video, rasmli savollar va qiziqarli jumboqli savollardan iborat bo'ldi.