Dec. 3, 2025, 11:31 a.m. 17
Yangiliklar
“Tijoratlashtirish va texnologiyalarni transfer qilish mexanizmlari” o‘quv-trening kursi doirasida INNO texnoparkiga tashrif

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 21-fevraldagi 15-son bayonining 22-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida, oliy taʼlim muassasalari tarkibidagi ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘linmalari xodimlarini yiliga ikki marotaba o‘qitish bo‘yicha belgilangan vazifalar asosida navbatdagi o‘quv-trening kurslari tashkil etildi. - Ushbu kurslar “Tijoratlashtirish va texnologiyalarni transfer qilish mexanizmlari” mavzusida ekspertlar hamda malakali mutaxassislar ishtirokida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida oflayn formatda o‘tkazilmoqda. - O‘quv jarayonining amaliy qismi doirasida tinglovchilar INNO innovatsion o‘quv ishlab chiqarish texnoparkifaoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Tashrif davomida: • Texnoparkning asosiy yo‘nalishlari • Ishlab chiqarish zonalari • Zamonaviy laboratoriyalar • Robototexnika va texnologik tajriba maydonlari bilan batafsil tanishtirildi. Ushbu tashrif tinglovchilarga innovatsion jarayonlarni chuqurroq anglash, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga oid amaliy mexanizmlar bilan tanishish hamda texnoparklar faoliyatini o‘rganish imkonini berdi.