INNO innovatsion o‘quv–ishlab chiqarish texnoparkida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi hamda “Inno Texnopark” o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining: 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” Farmoni, 2018-yil 21-sentabrdagi PF-5544-son “Innovatsion rivojlanish sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni, 2019-yil 30-maydagi PQ-415-son “Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori, 2024-yil 7-fevraldagi PQ-60-son “Iqtisodiyot sohalari uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari: - pedagoglar, malaka oshirish tinglovchilari va mutaxassislar tomonidan ilgari surilayotgan innovatsion ta’lim texnologiyalari, pedagogik startaplar va g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash; - startaplar va yuqori texnologiyalar yo‘nalishlarida bilim va tajriba almashish; - o‘quv jarayoniga innovatsion metodlar, raqamli ta’lim platformalari, sun’iy intellekt yechimlari, AR/VR texnologiyalarini joriy etish; - ta’lim mahsulotlari g‘oyalarining dastlabki modellari (MVP)ni yaratish jarayonida “Inno Texnopark” laboratoriyalaridan foydalanish imkoniyatini berish; - konsalting, mentorlik xizmatlari, qo‘shma o‘quv kurslari, seminarlar, master-klasslar va treninglarni tashkil etish. Ushbu hamkorlik ta’lim jarayonini innovatsion yondashuvlar bilan boyitish, pedagoglarning malakasini oshirish va yangi texnologiyalarni keng joriy etish orqali sohada sifatli o‘zgarishlarga xizmat qiladi.