Mehmonlar texnopark faoliyati, ishlab chiqarish zonalari va yaratilgan texnologik imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib chiqishdi. Uchrashuv davomida kelajakdagi qo‘shma loyihalar, innovatsion yo‘nalishlarda hamkorlik qilish, tajriba almashish va o‘zaro sheriklikni kengaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Ushbu tashrif ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash va yangi innovatsion tashabbuslarni amalga oshirish uchun muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.