Dec. 22, 2025, 11:11 a.m. 36
Yangiliklar
INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga “Rosatom” tizimi delegatsiyasining rasmiy tashrifi

INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga Rossiya Federatsiyasining yirik sanoat va ta’lim tuzilmalari — ANO “Korporativ Akademiya Rosatom” hamda “ASE” AJ vakillaridan iborat nufuzli delegatsiya tashrif buyurdi. Mazkur tashrif ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, muhandislik ta’limi va ishlab chiqarish kompetensiyalarini rivojlantirish, shuningdek, innovatsion tajriba almashish maqsadida tashkil etildi. Delegatsiya tarkibi: ▪️ Ponomarenko Aleksey Dmitrievich — ANO “Korporativ Akademiya Rosatom” bosh direktorining o‘rinbosari, muhandislik kompetensiyalari bloki direktori ▪️ Shiryaev Sergey Vyacheslavovich — “ASE” AJga qarashli qurilish tashkilotlari bo‘yicha kadrlar bo‘yicha direktor ▪️ Vasilchuk Andrey Boguslavovich — “ASE” AJ Divizion kompetensiyalar markazi rahbari ▪️ Shabelnikov Sergey Nikolaevich — ANO “Korporativ Akademiya Rosatom” tarmoq kompetensiya markazlarini rivojlantirish bo‘limi rahbari ▪️ Sokolov Anton Sergeevich — loyiha rahbari, muhandislik kompetensiyalari bloki Tashrif yuqori darajadagi muloqot va o‘zaro ishonch muhitida o‘tdi.