Dec. 22, 2025, 11:13 a.m. 36
Yangiliklar
INNO texnoparkida O‘zbekiston–Xitoy energetika sohasida “yashil” transformatsiyaga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi

INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida “O‘zbekiston–Xitoy: energetika sohasida “yashil” transformatsiya va barqaror rivojlanish hamkorligi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi energetika sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish hamda “yashil” texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni muhokama qilishga qaratildi. Seminarda soha mutaxassislari, ilmiy doira vakillari, ta’lim muassasalari va innovatsion tashkilotlar ishtirok etdi. Xalqaro seminar doirasida ishtirokchilar: - energetika sohasida “yashil” transformatsiya jarayonlari - qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish - ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi - O‘zbekiston–Xitoy o‘rtasidagi strategik hamkorlik istiqbollari bo‘yicha muhim ma’ruza va taqdimotlar bilan ishtirok etdi. INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki ushbu seminar orqali xalqaro ilmiy-texnologik muloqot uchun samarali maydon bo‘lib xizmat qildi hamda barqaror rivojlanish, innovatsion yondashuvlar va zamonaviy energetika texnologiyalarini ilgari surishga o‘z hissasini qo‘shdi. Tadbir O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, “yashil” energetika sohasida qo‘shma loyihalarni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.