Inno innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga Yangi O‘zbekiston Universiteti vakillari tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar texnopark faoliyati bilan yaqindan tanishib, mavjud infratuzilma va innovatsion yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot oldilar. Universitet vakillari ishlab chiqarish zonalari, robototexnika hamda biolaboratoriya zonalaridagi amaliy jarayonlar bilan tanishib, olib borilayotgan ilmiy-innovatsion ishlarni yuqori baholadilar. Shuningdek, uchrashuv doirasida kelgusida ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi. INNO texnoparki va Yangi O‘zbekiston Universiteti o‘rtasidagi bunday uchrashuvlar zamonaviy bilim va innovatsion tajribalarni uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.