March 11, 2026, 1:40 p.m. 89
Yangiliklar
Inno innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Axborot tizimlari muhandisligi bakalavriyat yo‘nalishi 4-kurs bitiruvchi talabalari IT sohasi bo‘yicha amaliyot o‘tashmoqda.

Amaliyot jarayonida talabalar dasturlash, axborot tizimlarini loyihalash, ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, tarmoq texnologiyalari hamda zamonaviy IT yechimlar ustida real loyihalar orqali bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashmoqda. Shuningdek, ular amaliy muammolarga innovatsion yondashuv, jamoada ishlash va raqamli texnologiyalar asosida yechimlar ishlab chiqish tajribasini orttirmoqda. Bu esa bitiruvchi talabalarni mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.