March 11, 2026, 1:45 p.m. 92
Yangiliklar
Inno innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga tashrif

Inno innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga Chilonzor tuman 1-sonli texnikumi talabalari ekskursiya doirasida tashrif buyurishdi. Tashrif davomida talabalar: - texnopark faoliyati, - zamonaviy ishlab chiqarish zonalari, -robototexnika va avtomatlashtirilgan tizimlar, - biolaboratoriya, - standartlashtirish va sifat nazorati zonalari bilan yaqindan tanishib chiqdilar. Talabalar real ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llanilayotgan Industry 4.0 texnologiyalari, aqlli uskunalar va innovatsion yechimlarni amalda ko‘rish imkoniga ega bo‘lishdi. Ushbu tashrif yoshlar uchun: - kasbiy yo‘nalishni aniqlash, - nazariy bilimlarni amaliy muhit bilan bog‘lash, - zamonaviy sanoat texnologiyalari bilan tanishish uchun muhim tajriba bo‘ldi. Inno texnopark — ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, kelajak shu yerda!