March 11, 2026, 1:49 p.m. 86
Yangiliklar
Inno texnoparkda xalqaro standartlar asosida ilmiy loyihalarni boshqarish bo‘yicha trening yakunlandi!

Inno innovatsion o’quv ishlab chiqarish texnoparkida PMBOK Guide hamda ISOning 21502 standarti asosida “Xalqaro standartlar asosida ilmiy loyihalarni boshqarish” mavzusida o‘quv-trening bo‘lib o‘tdi. Mazkur trening davomida ishtirokchilar: - ilmiy loyihalarni xalqaro talablar asosida rejalashtirish, -risklarni boshqarish va samarali monitoring olib borish, -loyiha hujjatlarini standartlashtirish, -zamonaviy boshqaruv metodologiyalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi. Trening yakunida ishtirokchilar jami 35 soatlik Professional Rivojlanish Birligi (PDU) to‘plab, dasturni muvaffaqiyatli tamomladilar. Shu munosabat bilan tantanali taqdirlash marosimi tashkil etilib, sertifikatlar topshirildi. Inno texnopark ilmiy va innovatsion loyihalarni boshqarishda xalqaro standartlarni joriy etish orqali mutaxassislarning professional salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.