March 11, 2026, 1:51 p.m. 34
Yangiliklar
Yoshlar va zamonaviy texnologiyalar: kelajak bugun boshlanadi!

Inno innovatsion o‘quv ishlab chiqarish texnoparki nomidan ma’lum qilamizki, Toshkent shahridagi «MEI» Milliy tadqiqot universiteti filiali bilan imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida navbatdagi ilmiy-amaliy mashg‘ulot muvaffaqiyatli tashkil etildi. Mashg‘ulot texnoparkimizning yetakchi mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilib, yoshlarning robototexnika va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratildi. Nazariya va amaliyot uyg‘unligida talabalar uchun haqiqiy innovatsion muhit yaratildi. Tadbir “Ijtimoiy-gumanitar fanlar va iqtisodiyot” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etildi. Texnoparkimizning innovatsion loyihalarida faol ishtirok etayotgan filial talabalari alohida e’tirof etildi. Shuningdek, texnoparkimiz Marketing va xalqaro hamkorlik bo‘yicha bosh mutaxassisi Doniyorov Ahror Abror o‘g‘li tadbirda faol qatnashib, samarali hamkorlik va qo‘shgan hissasi uchun sovg‘alar hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning savollariga batafsil javoblar berildi hamda kelajak kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha muhim tavsiyalar taqdim etildi. Inno texnopark — innovatsiya, bilim va tashabbus markazi! Zamonaviy texnologiyalarga qiziqqan yoshlar bilan birgalikda biz kelajakni bugundan yaratmoqdamiz!