Inno innovatsion o‘quv ishlab chiqarish texnoparkiga nufuzli mehmon tashrif buyurdi. Janob Cho Hyun Chan — KOICA Urganch kasb-hunar o‘qitish markazi hamda Toshkent shahrida qurilayotgan Malakani baholash va o‘qituvchilar malakasini oshirish markazi loyihasi menejeri, KOREATECH University professori texnopark faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mehmonlar: - Ishlab chiqarish zonalari - Biolaboratoriya - Robototexnika yo‘nalishlari - Innovatsion o‘quv jarayonlari bilan batafsil tanishdi. Uchrashuv yakunida tomonlar kelajakdagi o‘zaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib bordilar. Mazkur tashrif xalqaro tajriba almashish va texnologik rivojlanishni yanada jadallashtirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Inno texnopark — innovatsiya va hamkorlik maydoni!