March 11, 2026, 1:53 p.m. 25
Yangiliklar
“Yoshlar kuni” munosabati bilan muhim tadbir bo‘lib o'tdi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilingan. Mazkur sana doirasidagi navbatdagi uchrashuv ayni damda “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida tashkil etildi. Unda yoshlarning innovatsion fikrlashi, tashabbuskorligi hamda amaliy loyihalari alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan startap va texnologik ishlanmalar bugungi kunda yoshlar salohiyati tobora yuksalib borayotganini yana bir bor namoyon etdi. Uchrashuv davomida mas’ul tashkilotlar vakillari tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, grant dasturlari, imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tadbir yakunida faol va tashabbuskor yoshlar e’tirof etilib, ularning loyihalarini amaliyotga joriy etish hamda kelgusida qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda innovatsion g‘oyalarni hayotga tatbiq etishda muhim qadam bo‘ldi. Inno innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki bundan buyon ham yoshlar uchun zamonaviy bilim, amaliy tajriba va innovatsion imkoniyatlar markazi bo‘lib qolad