March 11, 2026, 1:55 p.m. 21
Yangiliklar
Toshkent Turin Politexnika Universiteti talabalari “Inno” Texnoparkda

Toshkent Turin Politexnika Universiteti talabalari “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga ekskursiya tashrifini amalga oshirdilar. Tashrif davomida talabalar texnopark faoliyati bilan yaqindan tanishib, ishlab chiqarish zonalaridagi jihozlar, zamonaviy laboratoriyalar hamda robototexnika zonalarida innovatsion jarayonlarni ko’zdan kechirishdi. “Inno” Texnopark yosh avlodni innovatsiyalar olamiga kengroq jalb qilish, ularning texnologiyaga bo‘lgan qiziqishini oshirish va amaliy bilimlarini mustahkamlashni davom ettirmoqda.