March 11, 2026, 1:55 p.m. 24
Yangiliklar
Inno innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga tashrif

Inno innovatsion o’quv ishlab chiqarish texnoparkida Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” fakultetining “Raqamli iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun texnotur tashkil etildi. Tashrif davomida talabalar ilmiy-amaliy tadqiqotlar, raqamli texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish jarayonlari hamda innovatsion loyihalar va startap tashabbuslari bilan tanishdilar. Shuningdek, soha mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan mahorat darsida raqamli iqtisodiyotning zamonaviy yo‘nalishlari va real sektor bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Mazkur tadbir talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan boyitishga xizmat qildi.