INNO innovatsion o‘quv ishlab chiqarish texnoparkiga Xitoy delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar texnopark faoliyati, ishlab chiqarish va innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdilar. O‘zaro muloqotlar jarayonida kelajakdagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, muhim kelishuvlarga erishildi. Xitoylik hamkorlar tomonidan O‘zbekistonda korxona tashkil etish hamda INNO texnopark rezidenti bo‘lish bo‘yicha takliflar bildirildi. Ushbu tashrif ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, yangi investitsiya va innovatsion loyihalarni amalga oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.