May 20, 2026, 2:38 p.m. 5
Yangiliklar
Inno innovatsion o‘quv ishlab chiqarish texnoparkida #startup

Talaba-yoshlarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha seminar tashkil etildi Oliy ta’lim muassasalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirish, startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarning raqamli tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “Raqamli startaplar” dasturiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminar davomida startap loyihalarni yaratish, rivojlantirish va investitsiya jalb qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Tadbirda oliy ta’lim muassasalari vakillari, professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, talabalar hamda startap tashabbuskorlari faol ishtirok etdi. Tadbir yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy texnologiyalar asosida yangi loyihalarni shakllantirish hamda startap ekotizimini rivojlantirishga xizmat qildi.