Joriy yilning 12-may kuni INNO innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkiga Koreya Respublikasining Gyeongnam Techno Park direktori Jung-hwan Kim boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, texnoparklar faoliyati, innovatsion ekotizimni rivojlantirish, shuningdek amalga oshirilayotgan loyihalar va erishilgan natijalar yuzasidan fikr almashildi. Delegatsiya tarkibida: • Woon-jae Baek • Kyunguk Park • Bumhee Lee ishtirok etdi. Tashrif davomida mehmonlar texnopark faoliyati, zamonaviy laboratoriyalar, innovatsion markazlar hamda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur uchrashuv xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va innovatsion rivojlanish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.