“INNO” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparkida rezidentlik maqomini olgan tashkilotlarga rezidentlik muddatini uzaytirish hamda foiz stavkalarini belgilash boʻyicha ariza beruvchilarning biznes loyihalari koʻrib chiqildi. Yigʻilish davomida quyidagi istiqbolli loyihalar muhokama etildi: ”Metallurgiya sanoatida rudalardan oltin, kumush, mis, volfram va boshqa nodir metallarni ajratib olish uchun mahalliy va ikkilamchi xom ashyolar asosida import oʻrnini bosuvchi kompozitsion kimyoviy reagentlar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish”loyihasi; ”Nodir va kamyob ( oltin va Kumush) metallarni pulpa hamda eritmalardan ajratib olishda qoʻllaniladigan kompozitsion sorbentlar va kimyoviy reagentlarni mahalliy xom ashyo hamda sanoat chiqindilari asosida ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi. Mazkur loyihalar innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish, import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hamda sanoat samaradorligini oshirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.