May 20, 2026, 2:45 p.m. 5
Yangiliklar
Turkiya delegatsiyasining INNO innovatsion o‘quv ishlab chiqarish texnoparkiga tashrifi

Inno innovatsion o‘quv ishlab chiqarish texnoparkiga Xalqaro yoshlar va mutaxassislar almashinuvi dasturiga muvofiq Turkiyadan delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari texnopark faoliyati, zamonaviy ishlab chiqarish zonalari, innovatsion loyihalar hamda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasiga qaratilgan yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv jarayonida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Mazkur tashrif xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va innovatsion rivojlanish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.