Sept. 26, 2024, 9:46 a.m. 230
Yangiliklar
Toshkent shahar prokuraturasi mas'ul hodimlari, Toshkent davlat texnika universiteti vakillari tashrif buyurdi.

INNO innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparkiga Toshkent shahar prokuraturasi mas'ul hodimlari, Toshkent davlat texnika universiteti vakillari tashrif buyurdi. Texnopark faoliyati, ishlab chiqarish zonasi, laboratoriya uskunalari, rezidentlar mahsulotlari ko'rib chiqildi, Taklif va fikrlar o'rganildi. Bugungi kunda OTM bilan o'zaro hamkorlik o'rnatish, talaba yoshlarni startap g'oyalarini amaliyotga joriy qilish maqsadida "Ilg'or muhandislik maktablari" faoliyati yo'lga qo'yilgani alohida ta'kidlandi. Talaba yoshlar nazariy bilimlarini amaliyotda qo'llashga sharoit yaratilgani qayd etildi. Innovatsion soha rivojida olimlar, mutaxassislar, talaba - yoshlarning o'zaro hamkorlikdagi faoliyati muhim ekanligi aytib o'tildi.