Oct. 2, 2024, 2:41 p.m. 246
Yangiliklar
Koreya - O'zbekiston sanoat - akademiya, innovatsiyalar haftaligi o'z ishini boshladi.

2-4- oktabr kunlari Inno innovastion o'quv ishlab chiqarish texnoparkida Koreya - O‘zbekiston sanoat - akademiya, innovatsiyalar haftaligi o'z ishini boshladi. Haftalik doirasida Janubiy Koreyadan yetakchi 20 ta yirik tarmoq korxonalari, 13 ta nufuzli oliy ta’lim muassasalari hamda 3 ta ilg'or texnoparklardan umumiy 62 nafar delegatsiya vakillari tashrif buyurdi. Tadbirni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev, Koreyaning O'zbekistondagi elchisi Von Do Yon, Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadritdin Turabdjanov, Inno texnopark bosh direktori Mansur Sultanov, Gyeongbuk texnoparki bosh direktori Xa In sung ochib berdilar. Shuningdek, Gyeongbuk texnoparkining O'zbekistondagi vakolatxonasining rasmiy ochilishi bo'lib o'tdi. Haftalik doirasida ikki davlat texnoparklari o'rtasida shartnomalar, kelishuvlar va memorandumlar imzolanishi kutilmoqda.