Oct. 2, 2024, 10:38 p.m. 71
Yangiliklar
2-4- oktyabr kunlari Koreya - O'zbekiston sanoat - akademiya, innovatsiyalar haftaligi!

📣Koreya - O'zbekiston sanoat - akademiya, innovatsiyalar haftaligi boshlandi! ▶️2-4 oktyabr kunlari ushbu haftalik doirasida Janubiy Koreyadan yetakchi 20 ta yirik tarmoq korxonalari, 13 ta nufuzli oliy ta’lim muassasalari hamda 3 ta ilg'or texnoparklardan umumiy 62 nafar delegatsiya vakillari tashrif buyurishgan. 💡Fan, taʼlim, innovatsiya, savdo-iqtisodiy, mashinasozlik  va axborot texnologiyalari sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish,  ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari, kichik biznes vakillari hamda yirik tarmoq korxonalari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish hamda kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish, Respublikamizga investitsiya kiritish  va hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha uchrashuvlar hamda yarmarka tashkil etilmoqda. 🌐Shu munosabat bilan yurtimizdagi barcha kompaniyalarni, tadbirkorlarni va oliy ta'lim muassasalarini taklif etamiz va ushbu haftalikda faol qatnashishga chorlab qolamiz! Manzil: Inno technopark